Yuz va bo'yin uchun ikki tomonlama V-shaklidagi rolikli lifting massajyori (Double-Side Stereo Roller)
Double-Side Stereo Roller — yuz konturini (ovallini) aniqroq qilish, ikkinchi iyakni kamaytirish va terining elastikligini oshirish uchun mo'ljallangan innovatsion massajyordir. Maxsus V-simmon konstruksiyasi va 4 ta aylanuvchi roliklari yuz va bo'yin sohasini ikki taraflama qamrab olib, chuqur limfodrenaj massaj effektini beradi.
Asosiy xususiyatlari va afzalliklari:
- 3D lifting va V-shakl effekti: Yuz ovalini tortadi, iyak va yonoq sohalaridagi osilgan terini mustahkamlashga yordam beradi.
- Shishlarni qaytarish: Ertalabki yuz shishlarini tezda yo'qotadi, qon va limfa aylanishini yaxshilaydi.
- Ergonomik ikki tomonlama dizayn: Yuzning ikkala tomonini bir vaqtning o'zida bir xil bosim bilan massaj qilish imkonini beradi.
- Kosmetika ta'sirini oshirish: Yuz kremi, zardob (sivorotka) yoki matoli maskalardan so'ng foydalanilganda, foydali moddalarning teriga chuqur so'rilishini ta'minlaydi.
- Batareykasiz va qulay: Elektr energiyasi va quvvatlantirishni talab qilmaydi. Uyda, ishda va transformsiyada foydalanish uchun juda yengil va ixcham.
Kimlar uchun mos keladi? Yuz va bo'yin parvarishiga e'tibor beradigan, yuz shishlaridan xalos bo'lishni va yuz konturini aniqroq shakllantirishni istagan barcha xotin-qizlar uchun mos keladi.
Qo'llash usuli:
- Yuz terisini tozalang va odatiy krem yoki zardobingizni suring.
- Massajyorni iyak qismidan boshlab yonoq va quloq sohasiga qarab pastdan yuqoriga harakatlantiring.
- Kuniga 5-10 daqiqa davomida muntazam ravishda foydalaning.