Yuz uchun guruch va probiotikli quyoshdan saqlovchi krem Jaysuing Relief Sun (SPF50+ PA++++)
Quyoshning zararli ultrabinafsha (UVA va UVB) nurlaridan maksimal darajada himoya qiluvchi va terini oziqlantiruvchi yengil quyoshdan saqlovchi krem. Guruch ekstrakti hamda probiotiklar bilan boyitilgan formulasi terini chuqur namlantiradi va uning himoya qatlamini tiklaydi.
Asosiy afzalliklari va xususiyatlari:
- Maksimal quyoshdan himoya (SPF50+ PA++++): Terini kuqishdan, pigmentatsiya paydo bo‘lishidan va fotog‘arishdan ishonchli saqlaydi.
- Tabiiy tarkib (Guruch + Probiotiklar): Terini oziqlantiradi, silliqlaydi va teri mikrobiomini sog‘lom tutishga yordam beradi.
- Yengil tekstura: Terida oq iz va yopishqoqlik hissini qoldirmaydi, tez singib ketadi va makiyaj ostidan surtish uchun juda qulay.
- Tinchlantiradi va tiklaydi: Sezuvchan teridagi qizarish va ta’sirlanishni bosadi, terining tabiiy baryerini mushtahkamlaydi.
- Qarish jarayonini sekinlashtiradi: Terining elastikligini saqlab, ajinlar tushishining oldini oladi.
Qo‘llash usuli:
- Ko‘chaga chiqishdan 15-20 daqiqa oldin tozalangan va parvarish qilingan yuz hamda bo‘yin terisiga yetarli miqdorda surting.
- Quyosh ostida uzoq vaqt bo‘lganda har 2-3 soatda qayta surtish tavsiya etiladi.
Teri turi: Barcha turdagi terilar uchun mos keladi.