Peptid-kollagenli tungi krem yoshlik ekzosomalari bilan boyitilgan bo‘lib, quyidagi maqsadlarga intiluvchilar uchun maxsus yaratilgan:
• terining qarishini global darajada sekinlashtirish;
• terining to‘liq tiklanishini ta’minlash;
• taranglik va zichlikni sezilarli darajada oshirish;
• ajinlarning chuqurligi va kengligini kamaytirish;
• kollagen karkasini mustahkamlash;
• terining osilib qolishi va bo‘shashishini kamaytirish;
• doiraviy lifting (tortish) effektini ta’minlash;
• yuz konturlarini tortish va mustahkamlash.
Qarishga qarshi (anti-age) komponentlarning samaradorligi:
• Peptidlar — kollagen va elastin ishlab chiqarish uchun asosiy qurilish materialidir. Ular teridagi kollagen tolalarining parchalanishini oldini oladi, taranglik va elastiklikni yaxshilaydi, ajinlar hajmini kamaytirib, terini silliq va yosh ko‘rsatadi.
• Kollagen — terining silliqligi va tarangligi uchun javobgar bo‘lgan asosiy oqsildir. To‘rt turdagi kollagen kompleksi teridagi shaxsiy kollagen tanqisligini to‘ldiradi, uni ichkaridan tiklaydi, mayda va chuqur ajinlarni tekislaydi hamda yuz ovalini mustahkamlaydi.
• Greypfrut ekzosomalari — terining yangilanishi va qarish jarayonlarini sezilarli darajada sekinlashtirishda asosiy rol o‘ynaydi. Ular yoshartiruvchi moddalarni bevosita hujayralarga yetkazib berishga yordam beradi, ularning ta’sirini bir necha barobar kuchaytiradi, kollagen va elastin sintezini rag‘batlantiradi.
• Skvalan — terining gidrolipid qatlamini qayta tiklaydi, hujayralarda namlik yo‘qolishining oldini oladi, suvsizlanish natijasida yuzaga kelgan ajinlarni kamaytiradi va sezuvchan terining reaktivligini pasaytiradi.
• Shi (karite) va kameliya moylari — antioksidant, tiklovchi va yoshartiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, terining himoya xususiyatlarini yaxshilaydi.
• Past molekulyar gialuron kislotasi — epidermisning eng chuqur qatlamlarigacha yetib boradi, namlik zaxirasini to‘ldiradi va ajinlarni ichkaridan "itarib chiqaradi", teriga kerakli hajm va taranglikni baxsh etadi.
Boyitilgan o‘ta kuchli tiklovchi formula butun tun davomida teriga g‘amxo‘rlik qiladi, natijada ertalab teri bir necha yilga yoshargandek to‘yingan va silliq ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Natija: yuz ovali yanada tortilgan, ajinlar kamroq seziladi, teri tarang, silliq va parvarishlangan.
Yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlarning korreksiyasi har bir surtishda sodir bo‘ladi va kremdan muntazam foydalanish natijasida kuchayib boradi.
Kosmetolog tavsiyasi: yoshartirish effektini tezroq va yaqqolroq ko‘rish uchun kremni surtishdan oldin ushbu liniyaning toner va zardobidan (сыворотка) foydalaning.

