Xususiyatlari va afzalliklari
PHA-kislota (Laktobion kislotasi): Teriga zarar yetkazmasdan, o'lik hujayralarni yengil va yumshoq eksfoliatsiya qiladi (tozalaydi).
Gialuron kislotasi: Terini chuqur namlantiradi va namlik darajasini uzoq vaqt saqlab turadi.
Pantenol (Provitamin B5): Terining tabiiy to'siq funksiyasini tiklaydi hamda mustahkamlaydi.
Niasinamid (B3 vitamini): Teri rangini yoritadi, noaniq dog'larni kamaytiradi va yuzni silliqlaydi.
Aloe Vera sharbati: Yallig'lanish, qizarishlarni olib tashlaydi va terini tinchlantiradi.
Qaysi turdagi terilarga mos keladi?
Barcha teri turlariga: Quruq, yog'li, kombinatsiyalangan va sezgir teriga birdek to'g'ri keladi.
Muammoli terilarga: Teshiklari (poralari) tiqilib qolgan, yuzida qizarish yoki yallig'lanish bo'lgan teriga samarali yordam beradi.
Xira terilarga: Yuz rangini yangilash va tabiiy jilo berish uchun mo'ljallangan.
Qanday ishlatiladi?
Yuzingizni tozalash vositasi (penka yoki gel) bilan yuvib oling.
Zardobdan oz miqdorda olib, ko'z va lab atrofidan tashqari butun yuzga yengil harakatlar bilan surting.
So'rilishini kuting va ortidan kundalik namlantiruvchi krem surting.
Har kuni foydalanish uchun javob beradi (ertalab yoki kechqurun)

