Yuz va bo'yin uchun dog'larga qarshi hamda oqartiruvchi celimax zardobi (30 ml)
Yuzingizdagi dog'lar, pigmentatsiya va notekis rang toni sizni bezovta qilyaptimi? celimax Pore + Dark Spot Brightening Serum zardobi — teriga sog'lom tarovat, soflik va tekis ko'rinish beruvchi samarali va zamonaviy parvarish vositasidir.
Ushbu vosita teri yuzasidagi qorong'u dog'larni, akne va ugrilardan qolgan izlarni ochartirishga hamda g'ovaklarni (poralarni) toraytirishga yordam beradi.
Faol tarkibi va asosiy xususiyatlari:
- Oqartirish va dog'larga qarshi kuchli formula:
- Niatsinamid 5%: Terining umumiy rangini tenglashtiradi, pigmentatsiyani va qizarishlarni kamaytiradi, g'ovaklar hajmini toraytiradi.
- Traneksam kislota 3% (Tranexamic Acid): Dog'lar paydo bo'lishining oldini oladi va mavjud izlarni samarali ravishda ochartiradi.
- MelazeroV2 1%: Teriga tabiiy va ichki yog'du hamda tiniqlik bag'ishlovchi maxsus komponent.
- G'ovaklarni toraytirish: Terining relyefini va teksturasini silliqlaydi, uni yanada mafe va mayin qiladi.
- Chuqur va kun bo'yi namlantirish: Terida quruqlik hissini bartaraf etadi va uni zaruriy namlik bilan to'yintiradi.
- Xavfsiz va sertifikatlangan: Dermatologik sinovlardan o'tgan, nozik va ta'sirchan teri uchun ham mos keladi.
Qanday foydalaniladi?
- Yuzingizni tozalab, tonik surtgandan so'ng, zardobdan 2-3 tomchi oling.
- Yuz va bo'yin sohasiga tekis tarqatib, barmoq uchlari bilan yengil uqalang (massaj qiling).
- So'rilgach, ustidan namlantiruvchi krem surting.
- Kunduzgi foydalanishda ustidan quyoshdan koroydigan krem (SPF) surtish tavsiya etiladi.