Yuz terisini chuqur namlantirish, oziqlantirish va yoshartirish uchun moʻljallangan marvarid va 24-karatli oltin essensiyali maxsus zardob. Ushbu zardob tarkibidagi oltin mikro-zarralari va marvarid ekstrakti terining ichki qatlamlarigacha kirib boradi va terini birinchi qoʻllashdanoq yumshoq hamda tana yogʻlanishini meʼyorgacha keltirishga yordam beradi.
Asosiy xususiyatlari va foydali tomonlari:
- Chuqur namlantirish va oziqlantirish: Quruq va horgʻin teriga darhol namlik va hayotiylik bagʻishlaydi. Terining elastikligini oshiradi.
- Oqartirish va pigmentatsiyaga qarshi: Yuzdagi dogʻlar, sepkillar va quyosh urishi natijasida paydo boʻlgan rang oʻzgarishlarini sezaolarli darajada ochartiradi va yuz rangini tekislaydi.
- Yoshartirish va ajinlarga qarshi: Mayda ajinlarni tekislaydi, terining qarish jarayonini sekinlashtiradi hamda yuzga tabiiy va sogʻlom jilo beradi.
- Yengil tekstura: Yuzda yopishqoq qatlam qoldirmaydi, tez soʻriladi va makiyaj ostidan asos (praymer) sifatida ishlatish uchun juda qulay.
Kimlar uchun mos keladi? Ushbu zardob barcha turdagi teriga (quruq, yogʻli, aralash va sezgir) birdek tushadi. Yuzdagi ajinlar, pigmentatsiya va quruqlikdan xalos boʻlishni xohlovchilar uchun ideal tanlov.
Qoʻllash usuli:
- Yuzingizni yaxshilab tozalang va tonik bilan tayyorlang.
- Pipetka yoki dozator yordamida yuzga 2-3 tomchi zardobdan surting.
- Yuzingizga yengil massaj harakatlari bilan toʻliq soʻrilguncha ishqalang.
- Har kuni ertalab va kechasi muntazam ravishda foydalanish tavsiya etiladi.