Yuz uchun 3 rangli LED svetodiodli fototerapiya niqobi (LED Mask)
Uy sharoitida professional kosmetologik parvarishni ta’minlovchi zamonaviy LED fototerapiya niqobi. Nur to‘lqinlari yordamida teri to‘qimalariga chuqur ta’sir ko‘rsatib, yuzdagi turli muammolarni samarli hal qilishga yordam beradi. Barcha turdagi terilar uchun mos keladi.
3 xil nur rejimining xususiyatlari:
- Qizil nur (Qon aylanishi va yoshartirish): Kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, qon aylanishini yaxshilaydi, ajinlarni silliqlaydi va terining elastikligini oshiradi.
- Ko‘k nur (Anti-akne va tozalash): Yuzdagi husnbuzar (akne), ugri va yallig‘lanishlarni keltirib chiqaruvchi bakteriyalarni yo‘qotadi, yog‘ ajralishini tartibga soladi.
- Yashil nur (Teri toni va tinchlantirish): Teri rangini tekislaydi, pigmentatsiyani kamaytiradi, shishlarni va ta’sirlanishni bosadi.
Asosiy afzalliklari:
- Teshiklarni (poralarni) sezilarli darajada toraytiradi.
- Terining namlanishi va umumiy tonusini oshiradi.
- Yuz konturini tortib, lifting effektini beradi.
- Og‘riqsiz va xavfsiz fototerapiya muolajasi.
Qo‘llash usuli:
- Yuzingizni yaxshilab tozalang va namlantiruvchi serum yoki krem surting.
- LED niqobni yuzingizga taqing va kerakli nur rejimini tanlang.
- Muolajani 15-20 daqiqa davomida bajaring. Optimal natija uchun haftasiga 3-4 marta foydalanish tavsiya etiladi.
Rus tilida tasnif (Описание на русском языке):