Medi-Peel Luxury 24K Gold Ampoule — Terining yoshligi va goʻzalligi uchun oltin parvarish!
Koreyaning mashhur Medi-Peel brendi tomonidan yaratilgan ushbu premium ampulali zardob terining elastikligini tiklash, uning tonusini oshirish hamda ajinlarga qarshi kurashish uchun maxsus ishlab chiqilgan. 24 karatli toza oltin zarrachalari va peptidlar majmuasi terini ichkaridan oziqlantirib, yuz konturini aniq va tortilgan koʻrinishga olib keladi.
Asosiy afzalliklari:
- Lifting va elastiklik: Terining osilib qolishining oldini oladi va mimik ajinlar chuqurligini kamaytiradi.
- Chuqur namlantirish: Teridagi quruqlik va koʻchishlarni (shelusheniye) zudlik bilan yoʻqotadi.
- Jilo va tekis ton: Niacinamide va oltin zarrachalari pigmentatsiyani ochtiradi va yuzga sogʻlom jilo beradi.
- Yopishqoqliksiz: Yengil teksturaga ega boʻlib, teriga tez soʻriladi va pardoz (makiyaj) ostidan baza sifatida ham juda mos keladi.
Asosiy faol moddalari:
- 24K Kolloid Oltin (99.9%): Mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi, boshqa faol moddalarning terining chuqur qatlamlariga kirishiga yordam beradi.
- 9 turdagi Peptidlar kompleksi: Kollagen va elastin sintezini ragʻbatlantiradi, terini taranglashtiradi va yoshartiradi.
- Gialuron kislotasi: Namlikni ushlab turadi va terini uzoq muddat davomida gidratatsiyalangan holda saqlaydi.
- Niacinamide (B3 vitamini): Teri toʻsigʻini mustahkamlaydi va rangini tekislaydi.
- Panteno va Allantoin: Terini tinchlantiradi, qizarish va shamollashni yoʻqotadi.
Qanday qoʻllaniladi?
- Yuzingizni tozalang va tonik surting.
- Pipetka yordamida yetarli miqdordagi zardobni yuz va boyin sohasi boʻylab yengil massaj harakatlari bilan surting.
- Oltin zarrachalari toʻliq erib soʻrilgunicha kuting va soʻng doimiy kremingizni surting. Kuniga 2 mahal (ertalab va kechqurun) foydalanish tavsiya etiladi.
Tarkibi va Xususiyatlari
- Toʻliq tarkibi (Ingredients): Purified water, Butylene Glycol, Niacinamide, Methyl Gluceth-20, Hydroxyethyl Urea, Polysorbate 20, Caprylyl Glycol, Carbomer, Triethanolamine, Phenoxyethanol, Allantoin, Ammonium Lactate, Urea, Panthenol, Adenosine, Gold (24K), Disodium EDTA, Sodium Hyaluronate, Peptides Complex (9 types), Camellia Sinensis Leaf Extract, Lavandula Angustifolia (Lavender) Extract, Rosmarinus Officinalis (Rosemary) Extract, Fragrance.
- Mahsulot turi: Yuz uchun ampulali zardob / serum
- Teri turi: Barcha turdagi teri uchun (ayniqsa yetuk, ajinga moyil va quruq teri uchun ideal)
- Moʻljallangan yosh: 25+ / 35+ / 45+
- Ishlab chiqarilgan mamlakat: Janubiy Koreya
