Uch tomonlama ta’sirga ega yog‘och ko‘mirli niqob yuzdagi yog‘li yaltirashni kamaytirib, teshikchalarni chuqur tozalaydi.
Mahsulot tarkibidagi faollashtirilgan ko‘mir iflosliklar uchun magnit kabi ta’sir qiladi va teshikchalarni samarali tozalaydi.
Klinik jihatdan isbotlangan: mahsulot formulasi ortiqcha yog‘ni darhol o‘ziga singdiradi va yog‘li yaltirashni kamaytiradi.
Erkaklar va ayollarning 79 foizi niqobdan foydalangandan so‘ng: “Teri yanada tetik ko‘rinadi”*, deb tasdiqlagan.
Rozmarin va yalpiz ekstraktlari yengil, tetiklantiruvchi ifor baxsh etadi hamda tinchlantiruvchi ta’sirga ega.
*Muammoli teriga ega 165 nafar erkak va ayol ishtirok etgan 21 kunlik iste’molchilar tadqiqotiga asoslangan. Ular mahsulotdan haftasiga 2–3 marta foydalangan.
Muammoli teri parvarishi uchun samarali vosita izlayapsizmi? Mary Kay kompaniyasida mahsulotni xarid qilishdan oldin sinab ko‘rishingiz mumkin! Go‘zallik bo‘yicha maslahatchi bilan bog‘laning va teri parvarishi, makiyaj hamda iforlar bo‘yicha bepul maslahat oling.
Uch tomonlama ta’sirga ega niqob terini chuqur tozalaydi va yog‘li yaltirashni darhol kamaytiradi. Mahsulot tarkibida terini sog‘lom va yorqin ko‘rinishga keltirishga yordam beruvchi samarali o‘simlik ekstraktlari kompleksi mavjud.
Niqob tarkibiga faollashtirilgan yog‘och ko‘miri kiradi. Bu yuqori samarali ingredient bo‘lib, teshikchalar ichida chuqur joylashgan iflosliklarni o‘ziga singdirishga qodir. Mahsulot kuchli magnit kabi ta’sir qilib, kir va begona zarrachalarni teshikchalardan tortib chiqaradi.
Oq kaolin gil va bentonit mineral gili kabi ingredientlar niqobning singdiruvchi xususiyatlarini kuchaytiradi.
Niqob ortiqcha teri yog‘ini o‘ziga singdirib, terini yumshoq va yog‘siz ko‘rinishda qoldirishi sizga albatta yoqadi. Uch tomonlama ta’sirga ega niqob qora nuqtalar va pigment dog‘lari ko‘rinishini kamaytirishga yordam beradi.
Mahsulot tarkibida yuzdagi pigment dog‘lariga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan jimolost va loviya ekstraktlari mavjud.
Teri tabiiy yangilanish va po‘st tashlash jarayonidan o‘tadi. Ba’zida bu jarayon yetarlicha samarali ishlamaydi, natijada teri yog‘i, bakteriyalar va turli iflosliklar teshikchalarda qolib ketadi.
Clear Proof chuqur tozalovchi yog‘och ko‘mirli yuz niqobi terida muammolar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan iflosliklarni olib tashlashga yordam beradi va sog‘lom yuz rangini saqlash uchun muloyim yechim taklif etadi.
Niqob tarkibida yog‘och ko‘miri va mineral gil mavjud bo‘lib, ular teshikchalarni berkituvchi iflosliklar va ortiqcha teri yog‘ini o‘ziga singdiradi. Bu kundalik parvarishdan tashqari teriga qo‘shimcha g‘amxo‘rlik beradi.
Natija yaqqol ko‘rinadi — yuz terisi tetik va sog‘lom ko‘rinadi, teshikchalar esa toraygandek bo‘ladi.

