Koʻp funksiyali CC krem parvarishlovchi vosita, ishonchli SPF himoyasi va yengil tonal qoplamaning xususiyatlarini oʻzida birlashtiradi. Mahsulot tarkibidagi noyob pigmentli mikrokapsulalar teriga surtilganda ochiladi va yuzning tabiiy rangiga mukammal moslashgan holda qizarishlar, xiralik va mayda kamchiliklarni yashiradi. Krem terini intensiv namlaydi, mayda ajinlarni silliqlaydi, fotoqarishning oldini oladi hamda yuzda ogʻirlik (maska) hissisiz unga yangi va jozibali koʻrinish beradi. 21-ton tabiiy qora-magʻiz (bej) rangli teri egalari uchun juda mos keladi.

