Ushbu risolada keksalar dardiga malham bo`luvchi bir qator tibbiy maslahat va tavsiyalar berilgan. Mavzuning asosiy yo`nalishi uzoq umr ko`rish uchun nimalarga rioya etish kerakligiga qaratilgan. Mijozga qarab to`g`ri ovqatlanish, vaqti-vaqti bilan ochiqib turish va turli xil harakat mashqlari shular jumlasidandir. Keksalar salomatligini yaxshilash choralari sifatida umurtqa pog`onasida ro`y beradigan ayrim xastaliklar bayon etilgan va foydali mashqlar keltirilgan.
Shuningdek, tanani "zaharli chiqindilar" dan tozalashga yordam beruvchi, uzoq yashash sirlaridan voqif qiluvchi va umrboqiylikka chorlovchi samarali amallar bilan tanishasiz.

