Tavsif
Lalarecipe Yuzu Self Foaming 3 in 1 Cleanser — har kungi mukammal terini tozalash uchun mo'ljallangan universal vosita. Ushbu vosita hatto eng chidamli makiyaj, quyoshdan himoyalovchi va tonal vositalarni ham samarali ketkazadi. Teshikchalar (pora) tubiga chuqur kirib, har qanday kir va yog' tiqinlarini eritadi. Terining ustki qatlamiga yumshoq ta'sir ko'rsatib, makiyaj qoldiqlarini, chang va kirlarni tozalaydi, yog'li yaltirashni yo'qotadi, terini quritmaydi va tortishtirmaydi.
Vositaning asosini Janubiy Koreyadagi tropik vulqonli Chechudo orolida yetishtiriladigan Yuzu sitrus mevasi ekstrakti tashkil etadi. Yuzu ekstrakti limonnikiga qaraganda 3 baravar ko'p C vitaminini o'z ichiga oladi, kuchli antioksidantlik xususiyatiga ega, teri tonini tenglashtiradi va muloyimlik bilan yoritadi, husnbuzar izlari (post-akne) hamda pigmentatsiyaga qarshi kurashishga yordam beradi. Shuningdek, teri hujayralarini uning tonusini oshiruvchi ko'plab zarur vitamin va mikroelementlar bilan to'yintiradi.
Tarkibidagi 12 xil vitaminlar majmuasi evaziga mahsulot terini o'ta yaxshi oziqlantiradi va namlantiradi, terining ko'chishiga (shelusheniye) qarshi kurashadi va yog' bezlari ishini me'yorlashtiradi. Teri rangini yaxshilaydi, uni tetiklashtiradi va tabiiy jiloyini qaytaradi. Mahsulot tarkibidagi tabiiy AHA, BHA, PHA-kislotalar hisobiga teshikchalarning bitib qolishining oldini oladi hamda shoxlangan (shoxsimon) qatlamni yumshoq vositalar yordamida ajratib (otshelusheniye) olib tashlaydi.
Tarkibi
Water, Methyl Perfluoroisobutyl Ether, Disodium Cocoamphodiacetate, Butylene Glycol, Glycerin, Lauryl Glucoside, Acrylates Copolymer, Sodium Chloride, Potassium Cocoyl Glycinate, Sodium Cocoyl Isethionate, Tromethamine, Acrylates/C10-30 Alkyl Acrylate Crosspolymer, Glucomannan, Citrus Nobilis (Mandarin Orange) Peel Extract, Isopropyl Myristate, Hexylene Glycol, Potassium Chloride, Disodium EDTA, Citrus Junos Fruit Oil(100ppm), Citrus Junos Fruit Extract(100ppm), CI 19140, CI 15985, Salicylic Acid, Gluconolactone, 3-O-Ethyl Ascorbic Acid, Glycolic Acid, 1,2-Hexanediol, Hydrogenated Lecithin, Polyglyceryl-10 Laurate, Panthenol, Ethylhexylglycerin, Tocopherol, Formic Acid, Sodium Ascorbyl Phosphate, Niacinamide, Pyridoxine, Folic Acid, Biotin, Cyanocobalamin, Thiamine HCl, Beta-Carotene, Riboflavin, Linoleic Acid, Fragrance, Limonene, Linalool.
Qo'llash usuli
Ushbu mahsulotni qo'llashning uchta usuli bor:
(Har kuni) Yuz yuvish uchun penka – suv bilan ko'pirtiring va yengil massaj harakatlari bilan yuz va bo'yinga surting. Makiyaj va kirlarni samarali tozalaydi.
(Haftada 1–2 marta) Mikropenka-maska – quruq teriga surtiladi. Tozalovchi vosita "ko'prib" chiqadi va teshikchalarni chuqur tozalaydi.
(Haftada 1–2 marta) Yengil peeling "skrab" – yuz va bo'yinga massaj harakatlari bilan surtiladi. Siz o'lik teri hujayralari va teri sebumini (yog'ini) yumshoq ajratib oluvchi yengil peeling samaradorligiga erishasiz.
Gelni ishlatganda qo'shimcha yuz yuvish va makiyajni tozalash vositalari talab qilinmaydi. Mahsulot tarkibida kislotalar va C vitamini bo'lgani uchun albatta SPF (quyoshdan himoya) vositalaridan foydalaning.
Ehtiyot choralari:
Vosita shilliq qavatga tushib, kuydirishi ehtimoli yuqori bo'lgani sababli uni ko'z makiyajini tozalash uchun ishlatish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, juda ta'sirchan (reaktiv) teriga ega insonlarga yoki rozatsea, kuperoz kabi kasalliklar mavjud bo'lganda foydalanish tavsiya etilmaydi.

