Anua Heartleaf Succinic Moisture Cleansing Foam — terining o‘lik qatlamini yumshoq ko‘chiradi va dag‘allashgan terini yumshatadi. Kirib ketgan kirlarni, changni, makiyaj qoldiqlarini va gidrofil vositalarni samarali tozalaydi. Terini quritmasdan va tortishish hissisiz mayin tozalashni ta’minlaydi.
Kuchsiz kislotali (low pH) gel terining neytral kislota-ishqor muvozanatini saqlashga yordam beradi va bakteriyalar ko‘payishini to‘xtatadi. Quruq va suvsizlangan terida namlik yetishmovchiligini to‘ldiradi, yuvingandan keyin ham terini namlangan holda qoldiradi.
Asosiy xususiyatlari:
- O‘lik hujayralarni muloyimlik bilan ko‘chiradi.
- Tozalashdan keyin terini nam va yumshoq saqlaydi.
- Terining himoya to‘sig‘ini (lipid qatlamini) tiklaydi.
- Liposomal texnologiya (Actsome) yordamida komponentlar terining chuqur qatlamlarigacha kirib boradi.
Aktiv komponentlar:
- Yantar kislotasi (Succinic Acid) — yumshoq piling qiladi, quruqlikdan kelib chiqqan po‘st tashlashni yo‘qotadi.
- BHA (Salitsil kislotasi) — poralarni tozalaydi, qora nuqtalarni ochtiradi va yog‘ ajralishini normallashtiradi.
- Xitozan — terida namlikni ushlab turuvchi kuchli to‘siq hosil qiladi.
- Heartease (Xauttyuyniya ekstrakti va proteaza) — patentlangan kompleks, komedonlarni eritadi va terini tinchlantiradi.
- Tseramidlar — terining tabiiy himoya qatlamini mustahkamlaydi, namlik bug‘lanib ketishining oldini oladi.
- Derma Clera™ — yallig‘lanishga qarshi kurashuvchi va jarohatlarni bitiruvchi tinchlantiruvchi kompleks.
Kimlar uchun mos:
✔ Quruq teri
✔ Normal teri
✔ Suvsizlangan (obezvojennaya) teri
Qo‘llash usuli:
Vositaning oz miqdorini kaftingizda ko‘pirtiring, yuzingizga surting va aylana harakatlar bilan tarqating. So‘ngra iliq suv bilan yuvib tashlang.
