FRESH LOOK’ning gidrofil yuz moyi makiyaj, SPF, ortiqcha sebum va terini chuqur tozalash uchun mo‘ljallangan. U ifloslanish va ortiqcha yog‘ni osonlik bilan ketkazadi, teshikchalarni tozalaydi va terining tabiiy balansini buzmaydi.
**Mango yog‘i** — qipiq va quruqlikni kamaytirib, terini yumshatadi.
**Vitamin C** — kuchli antioksidant bo‘lib, terini yorqinlashtirishga va pigmentatsiyani kamaytirishga yordam beradi.
**Vitamin A va E** — hujayralarni qayta tiklanishini qo‘llab-quvvatlaydi, terini silliq va elastik qiladi.
**Zaytun (oliva) yog‘i** — yog‘ kislotalariga boy bo‘lib, terini oziqlantiradi va yumshatadi.
Gelga o‘xshash teksturasi tufayli moy teriga oson surtiladi va suv bilan tegishganda yengil ko‘pirib emulsiyaga aylanadi — shu tariqa bir vaqtning o‘zida ikki vositani: gidrofil moy va yuz yuvish geli/oddiy ko‘pikni almashtiradi. Bu barcha ifloslanishlarni samarali ketkazib, terini makiyajga a’lo darajada tayyorlaydi.
Gidrofil yuz moyi barcha teri turlari (yog‘li, quruq, muammoli, aralash va sezgir) uchun mos va kundalik qo‘llash mumkin. Ishlatilgandan so‘ng yog‘li yoki yopishqoq hissiyot qoldirmaydi. Muntazam qo‘llanganda demakiyaj moyi teri salomatligi va go‘zalligini saqlashga, qora nuqtalar va boshqa nuqsonlarning paydo bo‘lishini oldini olishga yordam beradi.
Eng yaxshi natija uchun FRESH LOOK’ning boshqa teri parvarish vositalari bilan birga qo‘llashingiz tavsiya etiladi.
**FRESH LOOK** — yoshlik energiyasi va tetik tashqi ko‘rinish uchun “salomatlik aktivlari” asosida yaratilgan yuz parvarishi brendi. Har bir qo‘llanish go‘zallik va energiya baxsh etadi. Mahsulotlar koreys texnologiyalari asosida yaratilgan: shirali meva va rezavorlar, vitaminlar hamda minerallar innovatsion go‘zallik aktivlari bilan uyg‘unlashgan.

