Kitob iymon, axloq va maʼnaviyatga yetaklovchi nurli yo‘lga o‘xshaydi. Unda Qurʼoni karim oyatlari, Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) hadislaridan hamda buyuk allomalar va avliyolarning hikmatli so‘zlaridan o‘rinli misollar keltiradi. Har bir hikmat hayotiy voqealar bilan bog‘lanib, sodda va taʼsirchan tilda sharhlanadi.
Kitob o‘quvchini halollik, sabr, shukronalik, adolat va mehr- oqibat kabi yuksak fazilatlarni qalbida mustahkamlashga chorlaydi. Kitobdagi pand-nasihatlar kundalik hayotning sinov va qiyinchiliklariga Qurʼon va hadis mezonida yechim taklif etadi.
«Hikmatlar xazinasi» oilaviy o‘qish, taʼlim va tarbiya jarayonida ishonchli yo‘ldosh, barcha yoshdagilar uchun ruhiy boylik manbai. Kitob mutolaasidan so‘ng o‘zingiz ham bunga amin bo‘lasiz.

