«Yurt qayg‘usida 365 kun» — 2025-yil davomida O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqealar, mamlakat taraqqiyoti va amalga oshirilgan islohotlarni bir yillik solnoma shaklida jamlagan keng qamrovli hujjatli to‘plam.
Kitobda Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yildagi serqirra davlat va siyosiy faoliyati, davlat boshqaruvi, xalqaro diplomatiya, iqtisodiy islohotlar, ekologik barqarorlik, ijtimoiy himoya, ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalaridagi muhim jarayonlar aks ettirilgan.
Nashrda voqealar fotosuratlar, hujjatli materiallar, qisqa sharhlar va tahliliy ma’lumotlar asosida yoritiladi. Bu yondashuv kitobxonga 2025-yilda mamlakat hayotida kechgan asosiy jarayonlarni yaxlit tasavvur qilish imkonini beradi.
«Yurt qayg‘usida 365 kun» nafaqat 2025-yil yakunlarini jamlagan to‘plam, balki zamonaviy O‘zbekiston tarixining muayyan davrini hujjatlashtiruvchi manba sifatida ham ahamiyatli. Kitob mamlakatdagi siyosiy va ijtimoiy jarayonlar, islohotlar hamda davlat boshqaruvidagi o‘zgarishlarga qiziquvchi kitobxonlar, talabalar, tadqiqotchilar, siyosatshunoslar va sotsiologlar uchun mo‘ljallangan.
A5, қаттиқ муқова, 600 бет, ўзбек тили, лотин ёзуви, ISBN 9789910507410.

