Asab tizimi shu qadar murakkabki, uning tuzilishi va funksiyalarini tushunish uchun klassik tibbiyotning turli sohalari — anatomiya, biokimyo, immunologiya va boshqa fanlar bo‘yicha bilimlar talab etiladi. Markaziy asab tizimi (MAT) kasalliklari ham nihoyatda xilma-xil: oddiy bosh og‘rig‘i va panik xurujlardan tortib tarqoq skleroz va insultgacha.
Ushbu kitob asab tizimi faoliyati nima sababdan buzilishini tushunishga, unda sodir bo‘ladigan fiziologik jarayonlarni anglashga hamda MAT kasalliklarini davolash usullari va tamoyillariga kengroq nazar tashlashga yordam beradi.
Kitob muallifi — nevrolog shifokor, refleksoterapevt va integrativ tibbiyot mutaxassisi Yuriy Akimov — nevrologik buzilishlarning oldini olish va davolash usullari haqidagi tasavvurlarni kengaytirishni taklif qiladi. U ko‘plab maslahatlar beradi hamda aniq misollar orqali yaxshi uyqu, stress darajasini nazorat qilish, muvozanatli ovqatlanish va hayot tarzidagi boshqa oddiy o‘zgarishlar ham murakkab kasalliklarni davolashda ijobiy natijaga erishishga yordam berishini ko‘rsatadi.
Xususiyatlari:
📚 Kitobni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun savatchaga qo‘shing.
📌 Bonus sifatida zakladka beriladi.
😊 To‘liq tavsifni o‘qing

