Yuqumlilik. Mahsulot va g'oyalar qanday ommalashadi/ Yona Berger
Gʻoyalar qanday omillar tufayli “virus” kabi keng tarqaladi? Nima uchun ba’zi mavzular haqida ko‘proq suhbatlashamiz va unga oid ma’lumotlarni boshqalarga ulashamiz? Bu kabi savollar o‘z mahsulot, xizmat va g‘oyalarini keng ommalashtirishni istaydigan har bir tadbirkor, marketologlar, jurnalistlar, matbuot kotiblari, PR menejerlar va blogerlarni qiziqtirishi shubhasiz. Ushbu kitobda Yona Berger ijtimoiy tarqaluvchanlik zamiridagi omillarni sodda va tushunarli tarzda bayon qilgan. Qo‘lingizdagi qiziqarli hikoyalar va keng qamrovli tadqiqotlar xulosalariga boy “Yuqumlilik” kitobi mahsuloti yoki g‘oyasi ommalashishini istagan har bir inson uchun muhim qo‘llanmadir.

