Bu erkaklar svitshoti zamonaviy uslub va yuqori qulaylikni o‘zida mujassam etgan. Turkiyaning sifatli trikotaj matosidan tikilgan bo‘lib, havo o‘tkazish xususiyatiga ega va terini ta'sirlantirmaydi. 200 grammajli mato zichligi tufayli kiyim shaklini yaxshi saqlaydi, yuvilgandan so‘ng cho‘zilmaydi va rangi o‘chmaydi. 9 xil ranglar palitrasi hamda keng o‘lchamlar setkasi (L dan 3XL gacha) tufayli har bir erkak o‘ziga mosini oson topa oladi. Jinsi va klassik shimlar bilan ideal moslashadi.

