• Format: 235×168 mm; rangli
• ISBN: 9789943811164
• Muqova: yumshoq
• Muallif: Liu Fuxing
• Tili: o‘zbek
• Betlar soni: 288
• Turkum: "Xitoy uslubidagi modernizatsiya tadqiqotlari"
“Yuqori sifatli ta’lim tizimi va har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash” – taniqli xitoy olimi, professor Liu Fuxing tomonidan yozilgan, Xitoy modernizatsiyasi doirasida ta’lim sohasining o‘rni, maqsadi va strategik yo‘nalishlariga bag‘ishlangan fundamental asar hisoblanadi. Kitob Xitoy Kompartiyasi tomonidan belgilangan “Xitoy uslubidagi modernizatsiya” konsepsiyasini ta’lim orqali amalga oshirish g‘oyasiga asoslanadi.
Muallif Xitoydagi zamonaviy ta’lim tizimining shakllanishi, texnologik inqiloblar, sanoat va ijtimoiy tuzilmalarning ta’limga ta’siri, yangi kompetensiyalar, intellektual taraqqiyot, raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt sharoitida ta’lim modellari haqida chuqur tahliliy mulohazalar yuritadi. Kitobda ayniqsa “to‘rtinchi sanoat inqilobi” sharoitida o‘zgarayotgan global ta’lim paradigmasi, ta’limni rejalashtirish, kasbiy ko‘nikmalar, maktabdan keyingi uzluksiz ta’lim, hamda axborot texnologiyalarining ahamiyati haqida fikrlar ilgari suriladi.
Asarda “barcha uchun sifatli ta’lim”, “umr bo‘yi o‘qish”, “aqlli ta’lim”, “inson kapitali”, “fan va texnik taraqqiyot” singari dolzarb tushunchalar asosida Xitoyning uzoq muddatli 2035 yilgacha mo‘ljallangan ta’lim strategiyasi ochib beriladi. Shuningdek, xalqaro tajribalar, BMT, UNESCO va boshqa xalqaro tashkilotlarning maqsadlari bilan uyg‘unlikda milliy ta’lim islohotlari yoritiladi.
Kitob siyosatshunoslar, pedagoglar, iqtisodchilar, ijtimoiy fan sohasi tadqiqotchilari, amaliyotchi rahbarlar va yuqori malakali kadrlar tayyorlash bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar uchun muhim nazariy manba bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, O‘zbekistonning o‘z ta’lim strategiyasini takomillashtirishda ham bu asar qimmatli tajriba sifatida foydali bo‘ladi.

