Mahoratli yozuvchi Pirimqul Qodirovning ushbu asari o'zbek adabiyot
ning eng sara tarixiy romanlari sirasiga kiradi. Unda Movarounnahrdek
ulkan saltanatning parchalanib ketishi, Temuriylar sulolasining inqirozi,
hokimiyatga erishish ilinjida taxt talashib, bir-birlariga qilich ko'targan
og'a-ini, tog'a-jiyanlarning fojiaviy qismati aks ettirilgan. Roman voqealari
orqali o'quvchi tarixda Temuriylar o'rtasidagi nizolar, fitna, fisq-u fasod
tufayli yuzaga kelgan qonli urushlar, ayovsiz xunrezliklar oqibatida be
had qonxo'r beklar zulmidan sillasi butkul qurigan xalqning g'oyat nochor
ahvoli va uyushqoqlikdan bexabar Temuriylarni Shayboniyxon qanchalar
oson mahv etgani bilan tanishadi.
Asarning bosh qahramoni mirzo Bobur odamlardagi bemehrlik.
bir-birini ko'rolmaslik, xudbinlik, xiyonat singari jirkanch illatlar bilan
g'oyat erta, o'n ikki yoshida taxtga o'tirganida ro'baro' bo'ldi. Taqdirning
ayanchli zarbalaridan zada bo'lgan shohning kuygan yuragi - shoir qalbi
qalandarlikni ixtiyor etgani ajab emas. Asar mutolaasi davomida butun
umr Vatan ishqida yonib, sog'inch bilan o'rtanib, «Jonimdin o'zga yori va-
fodor topmadim...» deya iztirob chekkan bobokalonimiz dardi kitobxon
qalbini larzaga soladi.

