🟠Ushbu kitob psixologik realizm va syurrealizmni oʻzida uygʻunlashtirgan ruhiy ziddiyatlarga boy roman boʻlib, u soxta qadriyatlar qurboniga aylangan yoshlarning barbod etilgan orzulari-yu sassiz faryodlari haqida hikoya qiladi.
🟠Muallif jamiyatning maʼnaviy tanazzuli, avlodlar toʻqnashuvi, inson erki va hayot mazmuni kabi ijtimoiy-falsafiy muammolarni turli qahramonlar fojiasi orqali ochib berishga harakat qiladi.
🟠Nega aksariyatimiz ulgʻaygach orzu qilishdan qoʻrqamiz? Qalbdagi ezgulikni qanday asrab qolish mumkin? Bu kabi savollarga javob qidirayotgan badiiy adabiyot ixlosmandlari uchun ushbu asar haqiqiy kashfiyot boʻladi degan umiddamiz.
⚫️Muallif: Adham Muhiddin o‘g‘li
⚫️Muqova: yumshoq
⚫️Hajmi: 288 bet

