Avtomobil yukxonasi uchun eko charmdan tayyorlangan bagaj poligi — yukxonani toza va ozoda saqlash uchun qulay yechim.
Polik sifatli va mustahkam eko charmdan tayyorlangan bo‘lib, yukxonani chang, kir, namlik, qum va boshqa ifloslanishlardan himoya qilishga yordam beradi. Baland yon qismlari tufayli kir va mayda chiqindilar yukxona ichiga tarqalib ketishini kamaytiradi.
Materialni tozalash juda oson — nam mato bilan artish yoki ehtiyotkorlik bilan yuvish kifoya. Polik avtomobil yukxonasiga chiroyli va zamonaviy ko‘rinish beradi.
Har bir avtomobil modeliga mos shakl va o‘lchamda tayyorlangan. Yukxonaga yaxshi joylashadi va kundalik foydalanish uchun qulay.
Nexia 3, Cobalt, Lacetti, Monza, Tracker 2 va boshqa avtomobillar uchun mos variantlar mavjud.
Afzalliklari:
• Sifatli eko charm material
• Chang, kir va namlikdan himoya
• Baland yon devorlar
• Tozalash oson
• Mustahkam va uzoq muddat foydalanishga mos
• Zamonaviy va chiroyli dizayn
• Avtomobil modeliga mos o‘lcham

