Spa Rituals liniyasi oddiy parvarishni nafis marosimga aylantiradigan aura yaratadi. Yovvoyi olcha iforli tana uchun krem-butter terini intensiv ravishda oziqlantiradi, namlaydi va yumshatadi. Tiklanish jarayonini tezlashtiradi, elastiklik va taranglikni oshiradi, tonni tekislaydi. Yengil eriydigan tekstura tezda singib, terini ipakdek silliq va mayin qiladi. Bu hissiy teginish parvarishni lazzatga aylantiradi. Ochilgan g‘unchalar va olijanob sandalning sezilar-sezilmas ohangi bilan jozibali olcha ifori abadiy yoz va baxt hukmron bo‘lgan olcha bog‘iga sayrga chorlaydi. Faol tarkibiy qismlar: • Tregaloza - namlik zaxirasini shakllantiradi, terini yumshoq va silliq qiladi • Olcha ekstrakti - taranglikni tiklaydi • Bodom ekstrakti - ta’sirlangan terini tinchlantiradi, po‘st tashlash va quruqlikni bartaraf etadi. • Shi yog‘i - gidrolipid mantiyalarini tiklashga yordam beradi • Jojoba yog‘i - teridagi namlikni a’lo darajada saqlaydi

