Kitob mazmuniga nazar tashlaydigan bo'lsak, Yovuz Bulant Boqiylar 1980-yillarda Madaniyat vaziri o'rinbosari bo'lib ishlaganida Toshkent kinofestivali davomida O'zbekistonga qilgan tashrifi va u yerda ko'rgan-kechirganlarini, Turkistonning SSSR davridagi ahvolini va kommunizm tazyiqlari tufayli kimligi unutilmoqchi bo'lgan Turkistonning holatini muhokama qiladi. Unda juda ko'p chiroyli hikoyalar mavjud. Aniqrog'i, sodir bolgan voqealar. «Turkiston Turkiston» ildizi uzilmagan, ongi buzilmagan, e'tiqodi buzilmagan har bir turk bir necha marta o'qishi kerak bo'lgan kitob. Unutilgan mohiyatimizga ko'zgu tutgan, yo'qotganlarimizga ko'prik quradigan, sog'inch, umid va uchrashuv eshiklarini ochadigan kitob.

