• Nomi: Your Next Five Moves: Biznes strategiyasini mukammal egallash
• Muallif: Patrick Bet-David (Greg Dinkin bilan)
• Janr: Biznes, strategiya, menejment
• Tili: Ingliz tili
• Betlar soni: 271 bet
• Muqovasi: Yumshoq muqova
«Your Next Five Moves» — biznesda oldinga chiqish va raqobatchilardan bir necha qadam oldinda bo‘lishni o‘rgatuvchi amaliy qo‘llanma. Muallif biznesni shaxmat o‘yini kabi tahlil qilish, aniq strategiya tuzish, maqsadni to‘g‘ri belgilash, risklarni hisoblash va kelajakdagi 5 ta muhim qadamni oldindan rejalashtirish haqida tushuntiradi. Kitob tadbirkorlar, rahbarlar va katta natija qilishni istaganlar uchun juda foydali.

