• Nomi: You Can
• Muallif: George Matthew Adams
• Janri: Motivatsiya, o‘zini rivojlantirish, psixologiya
• Yosh chegarasi: 12+
• Muqova: Yumshoq
• Sahifalar soni:248
Kitob o‘z hayotida o‘zgarish qilishni istaganlar uchun katta ilhom manbai hisoblanadi. George Matthew Adams “You Can” asarida muvaffaqiyatning kaliti sifatida o‘z-o‘zini anglash, irodani mustahkamlash va ongni ijobiy fikrlar bilan to‘ldirishni targ‘ib qiladi. Har bir bobda o‘quvchi amaliy maslahatlar, oddiy, ammo samarali hayotiy tamoyillarni topadi. Asar, shuningdek, insonni dangasalik, qo‘rquv va shubhalardan xalos bo‘lishga undaydi. Kitobdagi motivatsion hikoyalar va ilhomlantiruvchi fikrlar o‘quvchiga kundalik hayotida o‘ziga ishonchni mustahkamlash va o‘z maqsadlariga yetishda yordam beradi. Bu asar insonni ichki quvvatini uyg‘otib, muvaffaqiyat yo‘lida dadil qadam tashlashga chorlaydi.

