Kristall effektli LED qandil oddiy yoritish emas, balki xonangizni bezaydigan zamonaviy yechim. Halqalarning ichki qismi kristallga o’xshash bo’rtma naqshli akrildan yasalgan. Yoqilganda yorug’lik naqshda sinib, xonaga yumshoq va chiroyli jilo beradi. Mehmonxona, yotoqxona, oshxona yoki bolalar xonasi uchun juda mos.
[25] m² gacha bo’lgan xonalarni yorqin va bir tekis yoritadi. 3 xil yorug’lik rejimi mavjud: iliq, neytral va sovuq. Ularni kunning istalgan vaqti va kayfiyatga moslab tanlaysiz. Dimmer funksiyasi yordamida yorug’lik darajasini o’zingizga qulay qilib sozlaysiz. Tungi rejim bolalar xonasida yoki kechki dam olishda yumshoq, ko’zni qamashtirmaydigan yorug’lik beradi.
Boshqaruv juda oson: pult orqali turgan joyingizdan yorug’likni yoqasiz, rejimni almashtirasiz va yorqinlikni sozlaysiz. Batareyalar komplektda.
Pulsatsiyasi 5% dan kam bo’lgani uchun ko’zni kam charchatadi. Natyajnoy shiftlarga ham o’rnatish mumkin.
Qandil interyeringizga zamonaviy va hashamatli ko’rinish beradi. Kundalik foydalanish uchun ham, mehmon kutishda yoki dam olish paytida maxsus muhit yaratish uchun ham a’lo tanlov.

