Badiiy tarjima ijodiy ish bo'lib, u tarjimon zimmasiga og'ir va
mas'uliyatli vazifani yuklaydi. Chunki tarjimon biron-bir asarni
tarjima qilar ekan, uni asl nusxadagidek badiiy va janr xususiyat-
larini saqlagan holda kitobxonga yetkazib berishi kerak. Kitobxon
tarjima asarni o'qiganda, uning tarjima ekanligini unutsin, shun-
dagina mutarjim o'z oldiga qo'yilgan maqsadni, tarjima qilishdek
mas'uliyatli vazifani bajargan bo'ladi.
O'zbek kitobxoniga ro'baro' qilinayotgan Yohann Volfgang Gyo-
tening "Yosh Verterning iztiroblari" asarini mahoratli tarjimon
asliyatdan o'girar ekan, yozuvchini o'zbekcha "gapirtirishga" mu-
vaffaq bo'lgan.

