Yosh bilimdon ensiklopediyasi. Texnika olami — inson hayotini yengillashtiradigan turli mashina va mexanizmlar, ularning vazifalari hamda qo‘llanilish sohasi haqida qiziqarli ma’lumot beruvchi ensiklopediya.
Kitobda segvey, velosiped, moped, motoroller, qor avtomobili, kvadrosikl va avtomobil kabi transport vositalari haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, yuk avtomobillari va maxsus texnikalarning qanday ishlashi va qanday vazifalarni bajarishi bilan tanishish mumkin.
Alohida bo‘lim qurilish va yo‘l texnikasiga bag‘ishlangan. Unda buldozer, ekskavator, greyder, yo‘l frezasi, asfalt yotqizgich, yo‘l katogi, beton aralashtirgich, avtobetonnasos, yuk ko‘taruvchi kran va konveyerlar haqida ma’lumotlar berilgan.
Kitobda qishloq xo‘jaligi texnikasi — traktorlar, g‘alla o‘rish kombaynlari va paxta terish kombaynlari ham yoritilgan. Temiryo‘l transporti, avtobus, trolleybus, tramvay va monorels kabi transport vositalari ham alohida o‘rin egallaydi.
Bundan tashqari, o‘quvchilar o‘t o‘chirish avtomobili, tez yordam mashinasi, chiqindi tashuvchi, qor tozalovchi va sug‘orish mashinalari bilan tanishadilar. Kitobning yakuniy qismida esa kosmik kema va kosmik shattl kabi texnikalar haqida ma’lumot beriladi.
Nomi: Yosh bilimdon ensiklopediyasi. Texnika olami
Mundarija: Segvey, velosiped, velosipedning ixtiro qilinishi, moped, motoroller, qor avtomobili, kvadrosikl, avtomobil, yuk avtomobili, fura, buta kesuvchi mashina, daraxt ildizlarini tozalash mashinasi, buldozer, ekskavator, greyder, yo‘l frezasi, asfalt yotqizgich, yo‘l katogi, beton aralashtirgich, avtobetonnasos, yuk ko‘taruvchi kran, konveyer, magistral konveyerlar, traktor, g‘alla o‘rish kombayni, paxta terish kombayni, parovoz, teplovoz, elektrovoz, avtobus, trolleybus, tramvay, monorels, o‘t o‘chirish avtomobili, tez yordam avtomobili, chiqindi tashuvchi mashina, qor tozalovchi mashina, sug‘orish mashinasi, kosmik kema, shattl.

