Yosh bilimdon ensiklopediyasi. Tanklar — tank texnikasining rivojlanish tarixi, tasnifi va turli davrlarda yaratilgan mashhur jangovar texnikalar haqida ma’lumot beruvchi qiziqarli ensiklopediya.
Kitobda tanklar tarixi batafsil yoritiladi: Birinchi jahon urushidagi dastlabki jangovar mashinalardan tortib zamonaviy tanklargacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tanklarning og‘irligiga ko‘ra tasnifi va asosiy guruhlari haqida ma’lumot beriladi.
Kitobxon Birinchi jahon urushi tanklari, urushlar oralig‘idagi davr texnikasi, Ikkinchi jahon urushi tanklari va urushdan keyingi avlod tanklari bilan tanishadi. Unda T-34, SU-100, Tiger, Panther, Maus, Churchill, Sherman, IS-4, Leopard 1, Merkava, T-72, T-90 «Vladimir», M1 Abrams, K2 Black Panther, Leopard 2, Arjun, T-14 «Armata» va T-15 kabi mashhur modellar haqida ma’lumotlar mavjud.
Ensliklopediya tanklarning tuzilishi, rivojlanishi, qurollanishi va turli davrlardagi imkoniyatlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Rang-barang tasvirlar va sodda bayon qilish uslubi kitobni texnika tarixiga qiziqadigan yosh kitobxonlar uchun yanada qiziqarli qiladi.
Nomi: Yosh bilimdon ensiklopediyasi. Tanklar
Mundarija: Tanklar tarixi, tanklarni og‘irligiga ko‘ra tasniflash, tank guruhlari, Birinchi jahon urushi tanklari, Mark, ruscha «Reno», LK II, Kolossal-Vagen, urushlar oralig‘idagi davr tanklari, T-24, Leichttraktor, 97-tip, LT vz.35, Ikkinchi jahon urushi tanklari, T-34, SU-100, Tiger, Panther, Maus, Churchill, Archer, M4 Sherman, birinchi urushdan keyingi avlod, IS-4, 430-obyekt, Leopard 1, Charioteer, 60-tip, ikkinchi urushdan keyingi avlod, T-72 «Ural», OF-40, Merkava, AMX-30, uchinchi avlod, T-90 «Vladimir», M1 Abrams, K2 Black Panther, Leopard 2, Arjun, to‘rtinchi avlod, T-14 «Armata», T-15.

