Yosh bilimdon ensiklopediyasi. Kemalar — qadimgi yog‘och qayiqlardan tortib zamonaviy ulkan okean kemalarigacha bo‘lgan dengiz transporti olami haqida qiziqarli ma’lumot beruvchi ensiklopedik kitob.
Kitobda kemalarning rivojlanish tarixi, tuzilishi, yelkan jihozlari va turli xil kemalarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi. Bolalar qadimgi Misr papirus kemalari, Finikiya savdo va harbiy kemalari, yunon triyeralari, Rim galeralari, Xitoy jonkasi, vikinglarning drakkarlari, qaroqchi galeonlari, harbiy kemalar va zamonaviy dengiz transportlari bilan tanishadilar.
Ensiklopediya kruiz laynerlari, tankerlar, konteyner tashuvchi kemalar, muz yoruvchi kemalar, aviatashuvchilar, suvosti kemalari va boshqa noyob texnologiyalar haqida ham ma’lumot beradi. Yorqin rasmlar va sodda tushuntirishlar bolalarga kemalar insoniyat tarixida qanday muhim rol o‘ynaganini tushunishga yordam beradi.
Nomi: Yosh bilimdon ensiklopediyasi. Kemalar
Mundarija:

