Yosh bilimdon ensiklopediyasi. Dunyo mo‘jizalari — sayyoramizdagi eng mashhur va hayratlanarli inshootlar hamda tabiat mo‘jizalari haqida hikoya qiluvchi qiziqarli ensiklopediya. Kitobda insoniyat tomonidan yaratilgan buyuk obidalar, qadimiy shaharlar va tabiatning noyob maskanlari haqida ma’lumotlar berilgan.
Ensiklopediyada Qadimgi dunyoning yetti mo‘jizasi — Misr piramidalari, Semiramidaning osma bog‘lari, Artemida ibodatxonasi, Olimpiyadagi Zevs haykali, Galikarnas maqbarasi, Iskandariya mayog‘i va Rodos kolossi haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, dunyoning yangi yetti mo‘jizasi — Buyuk Xitoy devori, Machu-Pikchu, Petra, Toj Mahal, Kolizey, Masih-Qutqaruvchi haykali va Chichen-Itsa haqida ma’lumotlar keltiriladi.
Kitobda tabiat dunyosining mo‘jizalari ham alohida o‘rin egallaydi. Amazonka daryosi, Halong qo‘ltig‘i, Iguasu sharsharalari, Chеджudo oroli, Komodo orollari, Puerto-Princesa yerosti daryosi, Stolovaya tog‘i, Grand-Kanyon, Buyuk to‘siq rifi, Everest va Viktoriya sharsharasi kabi noyob maskanlar bilan tanishish mumkin.
Zamonaviy dunyo mo‘jizalari bo‘limida Sahara, Niagara sharsharasi, al-Harom masjidi, Ayasofiya, Registon, Sin Shixuandi maqbarasi va terrakota armiyasi, Versal saroyi, Vengriya parlamenti binosi, Taqiqlangan shahar, Ozodlik haykali, Eyfel minorasi, Sidney opera teatri va Burj-Xalifa kabi mashhur obidalar haqida ma’lumot beriladi.
Kitob bolalarning dunyoqarashini kengaytirish, tarixiy obidalar va tabiatning noyob maskanlari haqida qiziqarli ma’lumotlarni o‘rganish uchun mos.
Nomi: Yosh bilimdon ensiklopediyasi. Dunyo mo‘jizalari
Mundarija: Qadimgi dunyoning yetti mo‘jizasi, dunyo mo‘jizalari, Misr piramidalari, Semiramidaning osma bog‘lari, Artemida ibodatxonasi, Olimpiyadagi Zevs haykali, Galikarnas maqbarasi, Iskandariya mayog‘i, Rodos kolossi, dunyoning yangi yetti mo‘jizasi, Kolizey, Buyuk Xitoy devori, inklar shahri Machu-Pikchu, qadimiy Petra shahri, Toj Mahal, Masih-Qutqaruvchi haykali, Chichen-Itsa, tabiat dunyosining mo‘jizalari, Amazonka daryosi, Halong qo‘ltig‘i, Iguasu sharsharalari, Chеджudo oroli, Komodo orollari, Puerto-Princesa yerosti daryosi, Stolovaya tog‘i, Grand-Kanyon, Buyuk to‘siq rifi, Everest (Jomolungma), Viktoriya sharsharasi, zamonaviy dunyo mo‘jizalari, Sahara, Niagara sharsharasi, al-Harom masjidi, Ayasofiya, Registon, Sin Shixuandi maqbarasi va terrakota armiyasi, Versal saroyi, Vengriya parlamenti binosi, Taqiqlangan shahar, Ozodlik haykali, Eyfel minorasi, Sidney opera teatri, Burj-Xalifa.

