Yosh bilimdon ensiklopediyasi. Dengiz hayvonlari — bolalarni dengiz va okeanlarning hayratlanarli olami bilan tanishtiruvchi qiziqarli ensiklopediya. Kitobda dengiz sutemizuvchilari, baliqlar, umurtqasizlar, sudralib yuruvchilar va qushlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, hayot tarzi va ajoyib qobiliyatlari haqida ma’lumot beriladi.
Kitobxon okeandagi eng yirik jonzotlar — ko‘k kit va kashalot haqida bilib oladi, shuningdek kosatka, narval, morj, dyugon va kalan kabi hayvonlar bilan tanishadi. Akulalar, mantalar, masxaraboz baliqlar, murenalar, barrakudalar va boshqa noodatiy baliqlarga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Kitobda sakkizoyoqlar, ulkan kalmarlar, karakatisalar, ustritsalar, omarlar, dengiz kirpilari va meduzalar haqida ham ma’lumotlar mavjud. Yosh kitobxonlar dengiz sudralib yuruvchilari va qushlari, jumladan terili dengiz toshbaqasi hamda imperator pingvini haqida bilib oladilar. Ensiklopediyaning yakunida qadimda yashagan ulkan dengiz yirtqichi — megalodon haqida so‘z yuritiladi.
Rang-barang rasmlar va tushunarli ma’lumotlar bolalarga suv osti dunyosining naqadar xilma-xil ekanini yaxshiroq anglash va dengiz hayvonlarining tabiatdagi o‘rnini bilib olishga yordam beradi.
Nomi: Yosh bilimdon ensiklopediyasi. Dengiz hayvonlari
Mundarija: Dengiz hayvonlari, dengiz sutemizuvchilari, ko‘k kit, kashalot, kosatka, narval, afalina, dengiz fili, morj, sivuch, dyugon, kalan, dengiz baliqlari, kit akulasi, oq akula, Grenlandiya qutb akulasi, manta, yelkanbaliq, masxaraboz baliq, oddiy oy baliq, ulkan murena, toshbaliq, yirik dog‘li spinorog, uzun ignali tipratikanbaliq, katta barrakuda, dengiz umurtqasizlari, oddiy sakkizoyoq, ulkan kalmar, dorivor karakatisа, ustritsalar, katta quruqlik qisqichbaqasi, Yevropa omari, yashil dengiz kirpisi, tukli meduza, eng uzun lineus, dengiz sudralib yuruvchilari, dengiz iguanasi, terili dengiz toshbaqasi, Belcher dengiz iloni, dengiz qushlari, imperator pingvini, sayyor albatros, qirilib ketgan dengiz gigantlari, megalodon.

