Yosh bilimdon ensiklopediyasi. Avtomobillar — avtomobillar tarixi, tuzilishi, rivojlanishi va zamonaviy texnologiyalari haqida qiziqarli ma’lumot beruvchi bilim ensiklopediyasi.
Kitobda avtomobillarning paydo bo‘lish tarixi — g‘ildirak ixtirosidan boshlab dastlabki bug‘ dvigatellari va zamonaviy avtomobillargacha bo‘lgan rivojlanish jarayoni yoritilgan.
O‘quvchilar avtomobilning asosiy qismlari — kuzov, dvigatel, shassi va boshqa mexanizmlar qanday ishlashini bilib oladilar. Shuningdek, sedan, universal, kupe, xetchbek, miniven, kabriolet, jip va pikap kabi avtomobil turlari bilan tanishadilar.
Kitobda turli xil transport vositalari, yo‘ltanlamaslar, krossoverlar, yuk mashinalari, oilaviy va hashamatli avtomobillar haqida ham ma’lumot berilgan. Avtomobil sporti bo‘limida Formula-1, NASCAR, ralli va boshqa poygalar haqida qiziqarli faktlar keltirilgan.

