Yosh bilimdon ensiklopediyasi. Avtomobillar — avtomobillar tarixi, tuzilishi, rivojlanishi va zamonaviy texnologiyalari haqida qiziqarli ma’lumot beruvchi bilim ensiklopediyasi.
Kitobda avtomobillarning paydo bo‘lish tarixi — g‘ildirak ixtirosidan boshlab dastlabki bug‘ dvigatellari va zamonaviy avtomobillargacha bo‘lgan rivojlanish jarayoni yoritilgan.
O‘quvchilar avtomobilning asosiy qismlari — kuzov, dvigatel, shassi va boshqa mexanizmlar qanday ishlashini bilib oladilar. Shuningdek, sedan, universal, kupe, xetchbek, miniven, kabriolet, jip va pikap kabi avtomobil turlari bilan tanishadilar.
Kitobda turli xil transport vositalari, yo‘ltanlamaslar, krossoverlar, yuk mashinalari, oilaviy va hashamatli avtomobillar haqida ham ma’lumot berilgan. Avtomobil sporti bo‘limida Formula-1, NASCAR, ralli va boshqa poygalar haqida qiziqarli faktlar keltirilgan.
Mundarija: Avtomobillar tarixi, hammasi g‘ildirakdan boshlandi, birinchi dvigatel, dastlabki bug‘ dvigatellari, otlarsiz arava, birinchi avtomobil poygalari, avtomobilning umumiy tuzilishi, avtomobil kuzovi, birinchi kuzovlar, zamonaviy kuzovlar, avtomobil tuzilishi, avtomobil korpusi, avtomobil yuragi, avtomobil asosi, kuzov turlari, sedan, universal, kupe, xetchbek, miniven, kabriolet, jip, pikap, ichki yonuv dvigateli, dvigatel qismlari, dizel dvigateli, avtomobil shassisi, ramali va ramkasiz shassi, avtomobil ishlab chiqarish, sanoat robotlari bilan hamkorlik, avtomobil turlari, issiq iqlim uchun avtomobillar, kabriolet, spayder va targa, rodster, yo‘llar haqida, yo‘ltanlamas yoki xetchbek, yo‘ltanlamas yoki krossover, yuk mashinasi, og‘ir yuk uchun avtomobillar, kichik pikap, o‘rta va katta pikaplar, oilaviy avtomobillar, mashhur avtomobillar, klassik sedan, fastbek, sedan-xardtop, hashamatli avtomobillar, avtomobil poygalari, halqali poygalar, Formula-1, NASCAR, Indy 500, ralli, trofi va avtomobil ekspeditsiyalari.

