Qoʻlingizdagi ushbu kitobning birinchi qismida Alloh yaxshi koʻradigan iymon, silai-rahm, namoz, ota-onaga yaxshilik qilish, koʻp sajda qilish kabi ibodatlar, Alloh taologa eng mahbub sura, U Zot yaxshi koʻradigan insonlar kabi mavzularda soʻz yuritiladi. Davomida esa Alloh azza va jalla yomon koʻradigan insonlar, narsalar, Parvardigori olamga xush keladigan joylar, U Zotga mahbub amallar kabi maʼlumotlar bilan tanishasiz. Uni oʻqish davomida qalbingizdan ajib hislar oʻtishi shubhasiz. Alloh azza va jalla yaxshi koʻrgan amallarni qilishga intilish, U Zot yomon koʻrgan amallardan chetlanishga urinish orqali roziligini topishni umid qilamiz. Alloh taolodan ushbu ishni qabul etishini va Oʻzi rozi boʻlgan hamda yaxshi koʻrgan bandalari qatorida qilishini soʻraymiz.
ISBN : 9789910954856
Qog‘oz formati : А4
Muqovasi : Qattiq
Betlar soni : 431
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2024
Nashriyot : Tirilish
Yozuv : Kirillcha
Til : O'zbekcha
Muallif : Yorqinjon Saidolim o'g'li / Ortiqali Ibrohimjon o'g'li

