Ajoyib psixologiya / Hayratlanarli psixologiya / Dahshatli psixologiya
(ruhiyat, ruhiy holat)
"Yo'q" deya olish san'ati
Har qanday holatda ham erkinsan!
Chin ma'noda "erkin"misiz?
Sizningcha, istagan vaqtingizda xohlagan ovqatni yeyish erkinlikmi?
Yoki hech qanday ijtimoiy bosimni his qilmasdan istaganingizcha
kiyinishmi?
Xohlagan payt uxlab, istagan vaqt uyg'onib, yana istagan vaqta ishlab,
ehtiyojingiz uchun zarur mablag'ni topa olishmi?
Dam olish kuni uyali telefoningizni o'chirib qo'yganingizdagina
o'zingizni erkin his qilasizmi?
Hayotingizga oid barcha qarorlarni faqatgina o'zingiz qabul qilasizmi?
Taqdir iplari butunlay o'z qo'lingizdami?
Boshqalar sizdan foydalanyapti, deb o'ylagan paytingiz bo'lganmi?
Yo'qotishdan qo'rqqan insonlaringiz yo'qmi?
O'zgarishga qanchalar tayyorsiz?
Hech bo'lmaganda tuxumni qanday yeyishni yoqtirishingizni tasavvur
qiling. Albatta, chala pishirilgan bo'lishi shartmi? Yoki "Buguncha
shunday bo'lsin, nima farqi bor?" deganmisiz?
Sizni aslida Siz qilib turgan chegaralar bir qaraganda ahamiyatsiz
ko'ringan mana shunday mayda-chuyda narsalar bilan kurash
jarayonida yo'q bo'lib ketadi. Chunki "erkinlik" o'ylaganingizdek,
"chegarasiz" bo'lish emas, aksincha, aniq va kuchli chegaralarga ega
bo'lish bilan bog'liqdir. Boshqacha qilib aytganda, qanchalik "yo'q" deya
olsangiz, shunchalik erkinlik maydoniga ega bo'lasiz.
"Yo'q" deya olish san'ati"" chegaralaringizni aniq belgilab, o'zingiz
uchun keng ozodlik va ishonch maydonini yaratishning nozik
tafsilotlariga to'la ta'sirchan qo'llanmadir...

