• Material Zanglamaydigan po'lat
• Rangi Kumush (Xrom)
• Mahsulot turi Ilgak / Ushlagich
• O'rnatish turi O'zi yopishadigan (Burg'ulashsiz)
• Yuzasi Yaltiroq / Silliq
• Namlikka chidamlilik Ha, suv o'tkazmaydi
• Maksimal yuk 5 kg gacha
• Ishlab chiqaruvchi Xitoy
• Qo'llanilishi Vanna, Oshxona, Dahliz
Vannaxona va uyingizda ideal tartib!
Ushbu zamonaviy, zanglamaydigan po‘latdan yasalgan ilgaklar — vannaxona va oshxona uchun eng kerakli aksessuardir. Namlikka chidamliligi va ixcham dizayni sababli u dush kabinalari va rakovina atrofi uchun ajoyib yechim hisoblanadi.
Qayerlarda ishlatish mumkin?
- 🛁 Vannaxonada: Tish cho‘tkasi, sochiqlar, mochalka, vanna xalatlari va ustaralarni (britva) ilish uchun juda qulay. Suv tegsa ham zanglamaydi.
- 🍽 Oshxonada: Idish yuvish gubkasi, rakovina tiqini, kapgir, kesish taxtalari (doska) va qozon qopqoqlarini saqlash uchun ideal organayzer.
- 🚪 Dahlizda: Kalitlar, soyabon yoki kichik sumkalarni ilish uchun.
Nima uchun aynan bu ushlagich?
- 100% Zanglamaydi: Yuqori sifatli SUS304 po‘latdan yasalgan.
- Devorni tesish shart emas: Orqa tomonidagi kuchli 3M yopishqoq asosi kafel, shisha, metall va marmarga mahkam yopishadi.
- Zamonaviy uslub: Kumush rangli metall har qanday interyerga mos tushadi.
O‘rnatish bo'yicha qo'llanma:
- Yuzani yog‘sizlantiring va quriting.
- Himoya plyonkasini olib tashlang.
- Kerakli joyga mahkam bosib yopishtiring.
- Muhim: Maksimal mustahkamlik uchun yopishtirgandan so‘ng 24 soat kuting va keyin foydalaning.
To‘plam tarkibi: Tanlovingizga qarab 1 dona yoki 2 dona po‘lat ilgak.