Walnut Prime – tabiiy yong‘oq daraxtidan yasalgan premium sifatli taxtakach bo‘lib, oshxonangizga nafislik va qulaylik olib kiradi. Yog‘ochning zich tuzilishi tufayli u namlik va hidlarni o‘ziga singdirmaydi, bu esa mahsulotni gigiyenik va xavfsiz qiladi. Silliq yuzasi pichoqlarni o‘tkirligini saqlab qoladi va kesish jarayonini yanada osonlashtiradi. Har bir taxtakach o‘ziga xos yog‘och teksturasi bilan ajralib turadi.
⭐ Afzalliklari:
- Tabiiy yong‘oq yog‘ochi – mustahkam va bardoshli
- Hid va suyuqlikni kam singdiradi
- Pichoqlarni o‘tkirligini saqlaydi
- Silliq va estetik dizayn
- Ekologik toza va xavfsiz
- Uzoq muddat xizmat qiladi
- 📌 FOYDALANISH BO‘YICHA INSTRUKTSIYA :
🔪 Ishlatish:
- Taxtakachni sabzavot, meva, go‘sht va non kesish uchun ishlating
- Har bir mahsulot turi uchun alohida ishlatish tavsiya etiladi (gigiyena uchun)
- Silliq tomoni kesish uchun mo‘ljallangan
💧 Tozalash:
- Ishlatgandan keyin iliq suv bilan yuving
- Yengil sovun ishlatish mumkin
- Idish yuvish mashinasida yuvmang ❌
- Uzoq vaqt suvda qoldirmang
🌿 Parvarish:
- Vaqti-vaqti bilan oziq-ovqatga mos yog‘ (masalan, zig‘ir yog‘i) bilan artib turing
- Bu yog‘ochni qurib qolishdan va yorilishdan saqlaydi
- Quruq joyda saqlang
⚠️ Muhim:
- Juda issiq idishlar qo‘ymang
- Oqartiruvchi yoki kuchli kimyoviy vositalardan foydalanmang
- To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh ostida uzoq qoldirmang