• Yangi nashr, yumshoq muqova, 156 sahifa, Ziyo nashr mahsuloti
Shukur Xolmirzayev o`zbek hikoyachilik san`atining ustozi Abdulla Qahhordan keyin yangi, yuqori bosqichga ko`targan yozuvchilardan biridir. Uning hikoya, qissa va romanlari tesha tegmagan voqealarga bag`ishlanganligi, xarakterlarga boyligi bilan ajralib turadi.
Ko`p qirrali iste’dod sohibi Shukur Xolmirzayev adabiyotning turli janrlarida rang-barang badiiy asarlar yaratib, o`zbek adabiyoti xazinasini boyitgan. Adib o`zining rang-barang hikoyalari, publisistik maqolalari, tarixiy esselari, realistik qissalari-yu ajoyib romanlari bilan hozirgi zamon adabiyotida munosib o`rin egallaydi.Yozuvchi Shukur Xolmirzayev hozirgi o`zbek adabiyotida o`z ovoziga, uslubiga ega bo`lgan ijodkorlardan hisoblanadi.
Serqirra ijodiy faoliyat egasi,millatimizning fidoiy yozuvchisi,haqiqatgo’y, adib, yozuvchi Shukur Xolmirzayev hikoyachilik rivojiga o`zining hikoyalari va qissalari bilan salmoqli hissa qo’shgan. Atrofda ro’y berayotgan voqea-hodisalarga hikoyalari orqali hozirjavoblik bilan javob bera olgan.

