Har narsa o'z vaqtini kutadi. Na gul barvaqt
ochiladi, na quyosh barvaqt chiqadi. Biroz sabr qiling:
sizniki bo'lgan sizga qaytadi.
XXI asrda dunyoning boshiga nimalar kelganini
Mavlono ko'rsaydi, ajabo, nimalar haqida o'ylagan
bo'lardi?
Ushbu shiddatli asrda duch kelgan muammolarimiz-
ning yechimini topishimiz uchun qanday yo'l-yo'riq
ko'rsatardi?
Hakan Mengyuch ham ushbu kitobida aynan mana shu
muammolarning yechimini izlaydi.
Buyuk mutafakkir bo'lgan Mavlono asrimizning
azoblanayotgan ruhlariga sakkiz yuz yil oldindan nido
qilyapti...
Ularga 21 ta oltin qoidani eslatyapti!
Hech bir muammoning chorasiz va yechimsiz
emasligini, har bir dardning ichida davosi yashirin-
ganini shivirlayapti.
Xo'sh, bu davoni topish mumkinmi?
To'g'ri yerdan izlansa, albatta, mumkin...
To'g'ri yerni biladigan qalb ko'zini uyg'otish vaqti
keldi...
Izlagan xazinangiz aynan hozir turgan joyingizda.
Xush kelibsiz, hamrohim.

