Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori asosida tayyorlangan bo‘lib, unga keyinchalik 2022-yil 28-iyun va 22-iyuldagi qarorlar asosida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Qo‘llanma Ichki ishlar vazirligi, YHXBB va boshqa mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan. Bu kitob haydovchilarni tayyorlash, ularning bilimlarini mustahkamlash va xavfsiz harakatlanishni ta'minlash maqsadida tavsiya etiladi. Qo‘llanma haydovchilar, o‘quvchilar, o‘qituvchilar, haydovchilik guvohnomasiga tayyorlanayotgan abituriyentlar va barcha qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.

