Ushbu qo‘llanma “Yo‘l harakati qoidalari”ni oson va samarali o‘rganish uchun yaratilgan. Kitob haydovchilarga yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda zarur bo‘lgan mustahkam bilim va amaliy ko‘nikmalarni beradi.
800 dan ortiq rangli va tushunarli tasvirlar yordamida eng murakkab yo‘l harakati vaziyatlari ham oddiy va ravshan tarzda tushuntirilgan. Ushbu qo‘llanma nafaqat yangi haydovchilar, balki tajribali haydovchilar uchun ham foydali va ishonchli qo‘llanma hisoblanadi.

