EFFACLAR GEL – termal suvi asosida yaratilgan ko‘pikli gel terini iflosliklar va makiyajdan muloyimlik bilan tozalaydi, teshiklarni ochadi, teridagi ortiqcha yog‘ni olib tashlaydi va tarkibidagi Glikasil va Rux Pidolati tufayli antibakterial ta’sir ko‘rsatadi. Gel yog‘li va akne paydo bo‘lishiga moyil sezgir teri uchun mo‘ljallangan.
Mahsulotning teriga mosligi yog‘li va aralash teriga ega, aknega moyil bo‘lgan 50 kishida o‘tkazilgan klinik tadqiqotda tasdiqlangan.
Lauret sulfat (SODIUM LAURETH SULFATE): terini muloyimlik bilan tozalaydigan yumshoq sirt faol modda.
Kokamidopropilbetain (COCO-BETAINE): kokos yog‘i yog‘ kislotalaridan olinadigan yumshoq tozalovchi komponent. Teri pH darajasining o‘zgarishini oldini oladi.
Rux pidolati (ZINC PCA): yog‘ bezlarini tartibga soluvchi va antibakterial ta’sir ko‘rsatuvchi moddadir.
Termal suvi: terini namlaydi va yumshatadi, erkin radikallarning ta’sirini neytrallashtiradi.
Gel teridagi iflosliklar va ortiqcha yog‘larni samarali tozalaydi, terini toza, tetik va mat holatda qoldiradi.
AQUA / WATER, SODIUM LAURETH SULFATE, PEG-8, COCO-BETAINE, HEXYLENE GLYCOL, SODIUM CHLORIDE, PEG-120 METHYL GLUCOSE DIOLEATE, ZINC PCA, SODIUM HYDROXIDE, CITRIC ACID, SODIUM BENZOATE, PHENOXYETHANOL, CAPRYLYL GLYCOL, PARFUM / FRAGRANCE.
Bir oz gelni qo‘llarda suv bilan ko‘pirtiring.
Nam teriga massaj harakatlari bilan surting, ko‘z atrofidagi sohani chetlab o‘ting.
Yaxshilab suv bilan yuvib tashlang.
Tozalashdan keyin tonik vosita va asosiy parvarishni qo‘llang.


