• Namlantiruvchi va oziqlantiruvchi
• Qizarish/yuqori sezuvchanlik
DIVE-IN Soothing Cream krem teridagi namlik yetishmovchiligini to'ldiradi, shu bilan birga tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi va teriga yoqimli tazalik hissini beradi.
Formula turli molekulyar og'irlikdagi 5D-gialuron kislotasining kuchli kompleksini o'z ichiga oladi.
Kompleksda terining yuqori qatlamlarida ham, epidermisning chuqur qatlamlariga kirib boradigan besh turdagi gialuron kislotasi mavjud. Bunday kompleks eng chuqur namlanishni ta'minlaydi, suv muvozanatini tiklashga va teri hujayralarida namlikni saqlashga yordam beradi, regenerativ, namlovchi va oziqlantiruvchi moddalar bilan to'yingan. Yuqori molekulyar og'irlikdagi gialuron kislotasi terining yuzasida yupqa to'siq hosil qiladi, u havodan namlikni "tortadi" terini yuqori qatlamlarda ushlab turadi, suvsizlanishdan saqlaydi. Past molekulyar og'irlikdagi gialuron kislotasi epidermisning chuqur qatlamlariga kirib, namlaydi.
Kompozitsiyadagi tregaloza terining namlanishiga yordam beradi, transepidermal suv yo'qotilishini oldini oladi va shu bilan mahsulotning namlovchi va yumshatuvchi ta'sirini kuchaytiradi, teriga yorqinlik beradi.
Tarkibi, shuningdek, olti hil o'simlik ekstraktini o'z ichiga olgan Bcaa Complex HR maxsus o'simlik kompleksi bilan mustahkamlangan: bodring o'ti ekstrakti, lavanta ekstrakti, romashka ekstrakti, marmarak ekstrakti, makkajo'xori gullari ekstrakti va sumbul ekstrakti. Ekstrakt kompleksi terini tinchlantirishga yordam beradi.
Krem yengil gel tuzilishiga ega bo’lib yopishqoqlik hissini qoldirmaydi.

