• O‘zbekistonning jazirama quyoshi ostida yetishtirilgan va quritilgan, SanMarzanno navli pomidorlar, zaytun o‘tlari bilan birgalikda zaytun va kungaboqar yog’lari aralashmasi bilan to‘ldirilgan. Pomidorlar Yevropaning ECOCERT ORGANIC sertifikatiga ega.
QURITILGAN POMIDORLAR - mahsulot retsepti bizning bozorga Italiyadan kelgan. Yangi uzilgan pomidorlar quyosh ostida quritiladi, so’ngra zaytun o‘tlari bilan birgalikda zaytun va kungaboqar yog’lari aralashmasi bilan to’yintiriladi. Bunday texnologiya yordamida quritilgan pomidorlar o'ziga xos ajoyib ta'm va hidga ega bo'ladi. Quritilgan pomidorlar O'rta yer dengizi oshxonasida keng qo'llaniladi va turli xil taomlarni tayyorlashda foydalaniladi. Yog'ning o'zi boy ta'mga ega ekanligi va salatlarga ziravorlar va bruschett qo’shib aralashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xaridorlarga tavsiya etilishi mumkin bo'lgan eng oddiy retsept – bu motsarella va quritilgan pomidor qo’shilgan brusketta. Salatda quyoshda quritilgan pomidorlar va rukola ko’katining ajoyib tarzda uyg’unlashuvi, shuningdek mahsulotning pomidor sho’rvasiga qo’shilishi taomga o’zgacha betakror o’tkir ta’m beradi. Quritilgan pomidorlar pissa tarkibiga ingrediyent sifatida ham qo'shiladi. Taomlarni cheksiz sanab o'tish mumkin, barchasi oshpazning fantaziyasi va mahoratiga bog'liq. Bor-yo’g’i sinab ko'rish kerak, ilhom esa kelaveradi!

