🔥 Yog‘ ushlagich 0.8L (bo‘limli) va sapun bilan
0.8 litr hajmga ega ushbu yog‘ ushlagich karter gazlarini tozalash va yog‘ning kirish (intake) tizimiga tushishini oldini olish uchun mo‘ljallangan. Oddiy avtomobillar, shuningdek turbo va sport loyihalar uchun ham mos keladi.
Ichki qismida maxsus bo‘limlar (peregorodkalar) mavjud bo‘lib, ular gaz oqimini yo‘naltiradi va yog‘ hamda kondensatni samarali ajratib oladi. Bu oddiy bo‘sh baklarga nisbatan ancha yuqori samaradorlik beradi.
Bosimni tushirish uchun sapun-filtr bilan jihozlangan, shuningdek shlang ulash uchun 2 ta AN10 port va qulay xizmat ko‘rsatish uchun pastki drenaj krani mavjud.
⚙️ Afzalliklari:
Ichki bo‘limlar tufayli yuqori samarali ajratish
0.8L katta hajm — kamroq xizmat talab qiladi
Yog‘ning intake tizimiga tushishini kamaytiradi
Interkuler, drossel va kirish tizimini himoya qiladi
Mustahkam alyuminiy korpus
Qulay drenaj krani
Universal o‘rnatish imkoniyati
🧰 Xizmat ko‘rsatish:
Tekshirish:
Har 500–1000 km da tekshirish tavsiya etiladi (dvigatel holatiga bog‘liq).
Bo‘shatish:
Pastki kranni ochib, yig‘ilgan yog‘ va kondensatni to‘kib tashlang.
Tozalash:
Vaqti-vaqti bilan yechib, ichki qismini karbkliner yoki benzin bilan yuvib, to‘liq quriting.
Sapun filtr:
Kerak bo‘lsa siqilgan havo bilan tozalash yoki yuvib quritish mumkin.
⚠️ Muhim:
Bak to‘lib ketishiga yo‘l qo‘ymang
Ochiq tizimda yog‘ hidi bo‘lishi mumkin
Kundalik foydalanish uchun yopiq tizim (intake ga qaytarish) tavsiya etiladi

