Asar bolaning yig‘isi sabablarini tahlil qiladi va ota-onalarga ularga qanday javob berish kerakligini tushuntiradi. Kitobdagi maslahatlar bolalarni haddan tashqari erkalatib yubormaslik, ularni noto‘g‘ri odatlarga o‘rgatmaslik va mustaqillikka yo‘naltirishga qaratilgan. Misol tariqasida, bola yig‘lash orqali nimanidir talab qilishni o‘rgansa, bu odat kelajakda ham davom etishi mumkinligi haqida tushuntiriladi.

Kitobning asosiy afzalliklaridan biri – undagi maslahatlarning sodda, tushunarli va ota-onalar tomonidan oson qo‘llanilishi mumkinligidir. Asar bolalar tarbiyasiga qiziqqan har qanday ota-ona uchun foydali manba bo‘lib, kichkintoylarning injiqliklarini boshqarishda amaliy yordam bera oladi.
Muallif: Doktor Abdullox, Muhammad Abdulmu’tiy
Nashriyot: Falaq nashr
Muqova: Yumshoq
Hajmi: 199 bet


