O'Henri - Amerika hikoyachiligining o'ziga xos tipini yaratgan adib.
Uning hikoyalari butun dunyoda sevib mutolaa qilinadi. Yumorning
kuchliligi, kinoya, qiyos, parodiya kabi usullarning samarali ishlatil-
ganligi, eng muhimi, muallifning oddiy mehnatkash - «kichik inson»ga
samimiy muhabbati, olijanoblik va sofdillikni madh etishi va boshqalar
O'Henri hikoyalariga olamshumul shuhrat keltirdi.
Uning asarlarida ko'pincha bosh qahramonlar mayda firibgarlar
bo'lishsa-da, ammo muallif ulardan ijobiy qiyofa yaratishni ustalik
bilan uddalaydi. Shuningdek, hikoyalar syujetiga bog'liq yoki bog'liq
bo'lmagan holda asar yakunidagi mutlaqo kutilmagan yechim o'quv-
chilarni hayratga solib qo'yadi. Bu o'ziga xos, aniqrog'i, O'Henriga xos
usul uning hikoyalarini yanada qiziqib o'qishga undaydi, ijodiga maf-
tun etadi.
Qisqa hikoyalarda ulkan ma'no va chuqur mazmun ifodalay olish
mahorati bilan ham mashhur sanalgan O'Henri jami 600dan ziyod hi-
koyalar muallifidir.

